Kreditlash
Odamlar uzoq vaqtdan beri kreditga xarid qilish va xizmatlar koʻrsatishni yuqori baholab kelishmoqda. Kredit tizimi xaridorga katta miqdordagi mablagʻga ega boʻlish omiliga bogʻliq boʻlmaslikni va hozirgi vaqtda va hozirgi sharoitda lazzatlanib yashash imkonini beradi.

ATB «Kapitalbank» jismoniy shaxslarga kredit berishning turli variantlarini taqdim etadi.
Kredit shartlari quyidagilardan iborat.
Iste'mol kreditlari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olish uchun beriladi.
Kredit 48 oygacha beriladi. Berilgan kreditning hajmi xaridorning (qarzdorning) moliyaviy holatiga bogʻliq: uning daromadlari miqdori va kreditni qaytarish manbasi.
Kreditni va foizlarni toʻlash har oyda, annuitet toʻlov (teng miqdorda) asosida amalga oshiriladi. Kreditlar savdogar hisobiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. Kredit boʻyicha yillik foizlar 27 foizni tashkil etadi.
Kredit shartnomasini tuzish uchun 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻla turib, kerakli hujjatlarni taqdim etish zarur:
  • Pasport nusxasi
  • Qarz oluvchining STIR
  • Oxirgi 12 oy ichida olingan daromad haqidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi
Mahsulot sotuvchisidan (ta’minotchi) talab qilinadigan xujjatlar:
  • Shartnoma
  • Guvohnoma
  • Tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat (mahsulot Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan boʻlishi lozim)

Garovsiz kreditning maksimal miqdori - eng kam ish haqining 75 barobari.