Toʻlov va yetkazib berish usullari
Toʻlovni Ta’minotchi koʻrsatgan usullar yordamida amalga oshirish mumkin:
  • Payme, Click, WoyWo, Apay onlayn-toʻlov tizimlari
  • Bank plastik kartochkasidan terminal orqali
  • Naqd pul yoʻli bilan
Buyurtmani yetkazib berish manzili Toshkentda joylashgan boʻlsa, toʻlov Ta’minotchi koʻrsatgan barcha usullar bilan amalga oshiriladi:
Naqd pul yoki bank plastik kartasidan terminal orqali. (Toʻlov yetkazib berish vaqtida amalga oshiriladi)
Payme, Click, WoyWo, Apay tizimlaridan birida onlayn toʻlov orqali. (Toʻlov kuryer mahsulotni yetkazib berishidan oldin amalga oshiriladi)
Buyurtmani yetkazib berish manzili Toshkent shahri hududidan tashqarida boʻlsa, buyurtmani Taʻminotchi tomonidan koʻrsatilgan onlayn toʻlov tizimi (Payme, Click, WoyWo, Apay) orqaligina toʻlash mumkin. Toʻlov mahsulot yetkazib berilishidan oldin amalga oshiriladi.
1. Yetkazib berish dam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha amalga oshiriladi.
2. Mahsulot buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida qayd etilgan manzilga yetkaziladi.
3. Agar yetkazib berish manzili oʻzgargan boʻlsa, bu haqida abad.uz saytining Call-center operatorlariga (71) 202-96-96 kuryer yetkazib berish jarayonini boshlashidan oldin xabar berish zarur.
4. Yetkazib berilgan mahsulotni olishdan bosh tortilgan taqdirda, Buyurtmachi buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida koʻrsatgan yetkazib berish narxi toʻlanadi.
5. Buyurtmani qabul qilish vaqtiga qarab yetkazib berish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Toshkent:
Bepul yetkazib berish Toshkent shahri hududida 48 ish soati ichida yetkazib berish
50 000 soʻmdan ortiq boʻlgan buyurtma rasmiylashtirilganida
09:00-14:00 dagi buyurtma 15:00-19:00 gacha yetkazib beriladi
14:00-18:00 dagi buyurtma keyingi ish kunida 10:00-14:00 gacha yetkazib beriladi
Bepul
Standart yetkazib berish Toshkent shahri hududida 48 ish soati ichida yetkazib berish
50 000 soʻmgacha boʻlgan buyurtmani rasmiylashtirishda:
09:00-14:00 dagi buyurtma 15:00-19:00 gacha yetkazib beriladi
14:00-18:00 dagi buyurtma keyingi ish kunida 10:00-14:00 gacha yetkazib beriladi
10 000 soʻm
Ekspress yetkazib berish Buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab, omborda bor mahsulotni Toshkent shahri hududida 3-4 soat ichida yetkazib berish 20 000 soʻm
Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish:
Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlariga yetkazib berish Buyurtma rasmiylashtirilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining viloyat yoki tuman markaziga 76 ish soati ichida yetkazib berish. Ogʻirligi va hajmi 1 kilogrammgacha boʻlmagan mahsulot. Har bir qoʻshimcha 1 kg. vaznga 5 000 soʻm qoʻshimcha haq toʻlanadi. 30 000 soʻm